​POYTAXTIMIZGA TOJIKISTONLIK BIR GURUH SAN`AT VA MADANIYaT NAMOYaNDALARI TAShRIF BUYuRDI

Madaniyat 10.10.2017, 20:45
​POYTAXTIMIZGA TOJIKISTONLIK BIR GURUH SAN`AT VA MADANIYaT NAMOYaNDALARI TAShRIF BUYuRDI

O`zbek va tojik xalqlarini do`stlik va yaqin qo`shnichilik aloqalari bilan birga, ko`p asrlik madaniy rishtalar bog`lab turadi. Alisher Navoiy, Gulxaniy, Sadriddin Ayniy kabi mumtoz adabiyot namoyandalari har ikki tilda ijod qilgani xalqlarimizning ma`naviy yaqinligidan dalolat. Bugun ham ushbu an`analar bardavom.

Poytaxtimizda 10-14 oktyabr kunlari o`tkaziladigan Tojikiston madaniyati kunlari bu boradagi hamkorlikning amaldagi ifodasidir.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san`at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.

Tojikiston delegasiyasi a`zolari poytaxtimizdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O`zbek Milliy akademik drama teatrida bo`ldi. Xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati va madaniyatini o`zida mujassam etgan ushbu maskanlar yoshlar ma`naviy kamolotida muhim o`rin tutishi alohida qayd etildi.

Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi 11 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida, shuningdek, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida tojikistonlik mo`yqalam ustalarining ijod namunalari ko`rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblari taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1