AsosiySport

​FUTBOL FEDERASIYaSI FUTZAL, AYoLLAR FUTBOLI VA PLYaJ FUTBOLINI HAM NAZORAT QILADI

'​FUTBOL FEDERASIYaSI FUTZAL, AYoLLAR FUTBOLI VA PLYaJ FUTBOLINI HAM NAZORAT QILADI'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi va Professional Futbol Ligalarining tarkibiy tuzilmalarida futzal, plyaj futboli va ayollar futboli bilan shug`ullanadigan yangi lavozimlar tashkil qilindi.

Bundan tashqari, futbol bo`yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabi qoshida ham shu soha bilan shug`ullanadigan murabbiylar guruhi ish boshladi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Futzal Uyushmasi hamda O`zbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatiladigan bo`ldi.

Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat o`yinlarini tashkil qilish va o`tkazishni shu yilning oktyabr oyidan e`tiboran O`zbekiston Futbol Federasiyasi o`z nazorati ostiga oladi.

O`zbekiston Professional Futbol Ligasining Sport bo`limida ham futzal, ayollar futboli va plyaj futboli bo`yicha musobaqalar o`tkazishga mas`ul bo`linma ham ish boshlaydi. Ushbu bo`linma O`zbekiston Futbol Federasiyasining shu sohani nazorat qiladigan boshqarmasi bilan kelishgan holda ish olib boradi.

    Boshqa yangiliklar