O`zbekiston Futbol Federasiyasi xavfsizlik boshqarmasining halol o`yinlar uchun ma`sul ofiseri Ahrol Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi qaror O`FFning navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Ahrol Inoyatov O`zbekistondagi futbol musobaqalarida kelishilgan o`yinlarni aniqlash bo`yicha Ekspertlar qo`mitasi raisi sifatida ham faoliyat olib borgan edi.
Hozirgi kunda xavfsizlik boshqarmasining halol o`yinlar uchun ma`sul ofiseri lavozimiga yangi nomzodlar ko`rib chiqilmoqda.






