AsosiySport

​FIFA POKISTON FUTBOL FEDERASIYaSINI TAShKILOT A`ZOLIGIDAN VAQTINChA ChETLATDI

'​FIFA POKISTON FUTBOL FEDERASIYaSINI TAShKILOT A`ZOLIGIDAN VAQTINChA ChETLATDI'ning rasmi

Xalqaro Futbol Federasiyasi (FIFA) Pokiston Futbol Federasiyasi (PFF)ni tashkilot a`zoligidan vaqtincha chetlatdi. Bunga asosiy sabab sifatida PFFning faoliyatiga uchinchi tomonning aralashishi ko`rsatilmoqda.

Pokiston Futbol Federasiyasi hisob raqamlari va idora ishlari sud tomonidan tayinlangan ma`mur tomonidan nazorat qilingani sababli shunday qarorga kelindi. Uchinchi tomonning federasiya (assosiasiya) ishlariga aralashuvi FIFA ustaviga zid sanaladi.

Pokiston Futbol Federasiyasi o`z hisob raqamlari va idora ishlari ustidan nazoratni qaytarsa, FIFA tomonidan qo`yilgan taqiq olib tashlanadi.

Pokiston terma jamoasi va mamlakat klublari taqiq olib tashlanmaguniga qadar FIFA bayrog`i ostida o`tadigan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, PFF xodimlari va rasmiylari FIFA va OFK dasturlari, seminar va treninglarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo`ldi.

Bundan tashqari, FIFAga a`zo mamlakat federasiyalari (assosiasiyalari)ga taqiq davomida Pokiston Futbol Federasiyasi bilan hamkorlikda har qanday turnir yoki musobaqalar tashkil qilish cheklab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar