1

YuRTIMIZDA ROSSIYa KINO XAFTALIGI BOShLANDI

Madaniyat 16.10.2017, 15:50
YuRTIMIZDA ROSSIYa KINO XAFTALIGI BOShLANDI

15 oktyabr Rossiyalik kinoijodkorlar guruhi ishtirokida Toshkentda ilk marotaba Rossiya kino xaftaligi boshlandi...

Tadbir Rossiya Federasiyasi madaniyat vazirligining ko`magida, Rossiyaning “Festsinema” kinokompaniyasi “O`zbekkino” milliy agentligi, O`zbekistan Yoshlar Ittifoqi, va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirdan kuzlangan asosiy maqsad kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o`zbek tomoshabinini rossiyalik kinoijodkorlarning eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Haftalik doirasida uzbekistonlik kinoijodkorlar bilan muzokaralar, talabalar uchun mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur haftalikni bugun, 16 oktyabr, dunyo buylab o`ttizdan ortiq mukofotlarga sazovor bo`lgan “Korobka” filmi ochib berdi. Tadbir doirasida jami oltita film namoyishi bo`lib o`tadi.

  • “KOROBKA” — rejissyor — Eduard Bordukov, prodyuserlar — Elena Glikman. Mixail Degtyar, Yaroslav Jivov;
  • “OGNI BOLShOY DEREVNI” — rejissyor — Ilya Uchitel, prodyuser— Filipp Pastuxov;
  • “TELI I TOLI” — rejissyor — Aleksandr Amirov, prodyuser — Natalya Ivanova;
  • “NAXODKA” — rejissyor — Viktor Dement, prodyuserlar — Nataliya Budkina, Dmitriy Klepaskiy;
  • “LIRIZMI” — rejissyor — Nikolay Burlak, prodyuser — Sergey Novojilov;
  • “EDINIChKA” — rejissyor — Kirill Belevich, prodyuserlar — Ruben Dishdishyan, Dmitriy Golubnichiy;

Xaftalikda rossiyalik mashhur reportyor va prodyuseri, “Nika” sovrindori, Venesiya kinofestivali g`olibi — Mixail Degtyar, tasvirchi — Alisher Hamidxojaev, prodyuser — Natalya Ivanova, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artistlar — Svetlana Toma, Evklid Kyurdzidis, aktyor — Aleksandr Peskovlar ishtirok etishadi.

Rossiya kino xaftaligi, shu oyning 20 oktyabrga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1