Eronning Tabriz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari davom ettirildi.
Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi 2-turda Turkmanistonga qarshi bahs olib borib, 4:2 hisobida zafar quchdi.
Mazkur uchrashuvdan avval esa Qirg`iziston termasi Nepalni 5:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo`ldi.
Demak, so`nggi tur oldidan ikkita g`alabaga erishgan O`zbekiston terma jamoasi muddatidan avval Osiyo chempionati final bosqichi yo`llanmasiga ega bo`ldi. Qirg`iziston futzalchilari ham ikkita g`alabaga erishgan holda OCh chiptasini qo`lga kiritishdi.
Futzal bo`yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 2-tur
16 oktyabr, dushanba
Turkmaniston – O`zbekiston 2:4
Gollar: Allaberdi Meredov (37, dabl penalti), Annaguliev (38) – Ilhom Hamroev (13), Artur Yunusov (21), Farhod Abdumavlonov (25), Davron Choriev (27)
Ogohlantirishlar: Ravshan O`zormuhammedov (10) – Davron Choriev (6), Artur Yunusov (30)
Chetlatish: Qodir Berenov (31)
O`zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Akmal Hazratqulov, Anasxon Rahtamov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod Shavkatov, Ilhom Hamroev, Davronjon Abdurahmonov, Davron Choriev, Husniddin Nishonov.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi ilk turda Nepalni 14:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko`rinishga keldi.
So`nggi turda Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg`iziston bilan guruhdagi etakchilik uchun kurashadi. Hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan o`yinda Nepal va Turkmanisdan o`zaro kuch sinashadi.
17 oktyabr, seshanba
15:30 O`ZBEKISTON – Qirg`iziston
18:00 Turkmaniston – Nepal
Ma`lumot uchun, Futzal bo`yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo`lib o`tadi. Qit`a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.






