1

“Oltin to`p”ga uchta da`vogarning nomi e`lon qilindi

Sport 10.12.2013, 12:08
“Oltin to`p”ga uchta da`vogarning nomi e`lon qilindi
“Barselona” forvardi Lionel Messi, “Real” klubining hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Bavariya” yarim himoyachisi FrankRiberi –  dunyodagi eng yaxshi futbolchiga beriladigan “Oltin to`p” mukofotiga da`vogarlar sifatida e`lon qilindi, deya xabar beradi “Goal.com” sayti.

Ushbu futbolchilar mukofotga 23 nafar nomzod kirgan kengaytirilgan ro`yxatdan tanlab olindi. Ular bosh murabbiylar va milliy terma jamoalarning sardorlari hamda OAV vakillari orasida o`tkazilgan ovoz berish jarayoni orqali aniqlandi.

Shuningdek, ovoz berish yakunlariga ko`ra, “Oltin to`p” sohibi ham tanlanadi. Uning nomi 2014 yil 13 yanvarda Syurixda bo`lib o`tadigan FIFAning tantanali marosimida ma`lum bo`ladi.
Qayd etib o`tamiz, Messi oxirgi to`rt yil ichida shu mukofotga sazovor bo`lgan edi. Ronaldu “Oltin to`p”ni 2008 yilda, “Manchester Yunayted” uchun o`ynaydigan paytida olgan. Riberi esa o`z faoliyatida ilk bor eng yaxshi futbolchi mukofotiga nomzodlar uchtaligidan o`rin oldi. 

Bundan tashqari, FIFA yilning eng yaxshi murabbiysi mukofotiga nomzodlar uchtaligini ham e`lon qildi. Bular “Manchester Yunayted” murabbiysi Aleks Fergyuson, “Bavariya”ning sobiq murabbiysi Yupp Xaynkes va Dortmundning “Borussiya” klubi murabbiysi Yurgen Klopp.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1