Dastur haqida:
Ushbu dastur iOS 7.0,iPhone, iPad va iPod kabi uyali aloqa vositalariga mos keladi. Dastur orqali siz yuqorida keltirilgan uyali aloqa vositalari uchun har bir ilova (dasturga xavfsizlik, ya`ni o`z barmog`ingiz orqali parol o`rnatishingiz mumkin. Endi siz turli parollarni xotirangizda saqlab yurishingizga hojat qolmaydi. Barchasi o`z barmog`ingiz orqali amalga oshiriladi. Hozirda ushbu ishonchli dasturning 5 milliondan ortiq foydalanuvchilari mavjud. Siz ham bu bepul, ishonchli va albatta qulay dasturdan hozirning o`zidanoq foydalaning.
Qulayliklari:
1. WhatsApp, iMessage, Facebook va yana shunga o`xshash dasturlarning ishonchli himoya qilinishi;
2. Cizga tanish turli tillarning mavjudligi;
3. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan har bir dasturning barmoq izi yordamida himoyalashi.
Dasturni ishga tushirish:
- Dastur ilovasini oching;
- Masalan, WhatsApp kabi ilovalarni qulflash uchun barmoq izingizni kiriting (Scan);
- Xavfsizlik paroli muvaffaqiyatli o`rnatildi! Endi ilova faqat kiritilgan barmoq izi orqali ochiladi;
- Har bir ilova dasturga xuddi shunday qilib xavfsizlik parolini o`rnatishingiz mumkin.