31.01.2014 11:21
O`zbekistonlik futbolchi Italiya klubi bilan shartnoma imzoladi
Gap shundaki, Italiya A seriyasi reglamentiga ko`ra, bir klub xorijdan Evropa Ittifoqi fuqaroligiga ega bo`lmagan futbolchini Italiyaga olib kirish uchun, avvalo xuddi shunday holatda bo`lgan boshqa futbolchini xorijga chiqarishi lozim bo`ladi. Zonalocale.it nashri
tomonidan xabar qilinishicha, "Torino" aynan shu narsani amalga oshirishni mo`ljallamoqda. Turinliklarning asosiy transfer maqsadi chernogoriyalik Marko Vesovich bo`lib, klub bu futbolchi bilan shartnoma imzolashi uchun avvalo EI fuqaroligiga ega bo`lmagan boshqa bir futbolchini xorijga chiqarib yuborishi lozim bo`ladi. Ilyos Zeytullaev ham Portugaliyaning "Beyra Mar" yo Xorvatiyaning "Rieka" jamoasiga sotib yoki ijaraga berib yuborilishi kutilmoqda.
"Torino" faqat Marko Vesovichni Italiya A seriyasiga olib kirish uchungina Ilyos Zeytullaev
bilan shartnoma imzolagan va uni darhol xorij klublaridan biriga berib yuborishni ko`zlamoqda. Shu tariqa EI pasportiga ega bo`lmagan Marko Vesovichga A seriyada
o`ynash uchun yo`l ochiladi.
2007 yilda "Fiorentino" klubi tomonidan ham xuddi shunday amaliyot qo`llangan edi.
Klub nigeriyalik himoyachi Genri Okorojini sotib olgan va darhol Bolgariya chempionatida ishtirok etadigan jamoalardan biriga sotib yuborgan edi.
PS: Hozircha bu Italiya matbuoti tomonidan olg`a surilayotgan faraz holos va hali aniq ma`lumotlar yo`q. Aniq ma`lumot shuki - Ilyos Zeytullaev "Torino" bilan shartnoma imzolagan. Klubda qolish yoki qolmasligi borasida yaqin vaqtlar ichida xabar chiqishi kutilmoqda.
Manba:uff.uz





