AsosiySavol-javob

“DEKRET PULI”GA DAROMAD SOLIG`I SOLINADIMI?

'“DEKRET PULI”GA DAROMAD SOLIG`I SOLINADIMI?'ning rasmi

— Dekret ta`tili munosabati bilan to`lanadigan nafaqaga daromad solig`i solinadimi? Bu haqda qaysi hujjatda batafsil keltirilgan?

Sabohat Ramzieva, Sirdaryo viloyati

Farrux FAYZIEV, huquq magistri:

— Homiladorlik va tug`ish nafaqasi xodimning boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi (Soliq kodeksi 178-moddasining 1-bandi), biroq unga Soliq kodeksi 179-moddasi birinchi qismining 20-bandiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmaydi.

Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, mazkur bandga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o`n ikki baravari miqdori doirasida to`lanadigan ishdan bo`shatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor a`zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamg`armalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi to`lovlar bo`lgan daromadlariga soliq solinmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar