1

«Bunyodkor» FKga yangi prezident tayinlandi

Sport 03.02.2014, 17:36
«Bunyodkor» FKga yangi prezident tayinlandi
Mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohiblarida yangi rahbar: Alimov Bedil Xondamirovich klub prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Bunyodkor” futbol klubi OAJ Kuzatuv kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bungacha klub prezidenti sifatida ishlab kelgan Jo`raev To`lagan Toshpo`latovich boshqa ishga o`tganligi sababli u o`z lavozimidan ozod etildi. Kuzatuv kengashi a`zolari unga jamoaning ichki va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga qo`shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Bunyodkor”ning yangi prezidenti etib “O`zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi o`rinbosari Alimov Bedil Xondamirovich tayinlandi.

Kuzatuv kengashi a`zolari yig`ilishidan so`ng “Bunyodkor”ning yangi rahbari klubning rasmiy sayti uchun eksklyuzim intervyu berdi.

- Bedil Xondamirovich,O`zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bo`lgan “Bunyodkor” FK prezidenti etib tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz!

- Katta rahmat!

- “Bunyodkor” FKprezidenti sifatida qanday maqsad va vazifalarni hal qilishingiz kerak?
- Hukumatimiz mutasaddilari millionlar o`yinini yanada rivojlantirish uchun katta e`tibor qaratyapti. Muhtaram prezidentimizning futbolni rivojlantirishga oid qarorlarini amalda bajarilishi uchun “O`zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi “Bunyodkor” FKni moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, klub tuzilmasidagi barcha yosh toifadagi jamoalarning mavsumga puxta tayyorlanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta`minlashga mas`ulmiz. “O`zbekneftegaz” MXK raisi Shokir Fayzullaevning klub nomiga yuborgan yangi yil tabrigida jamoamiz oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalar aytib o`tilgan. Unga ko`ra, klub qoshidagi futbol maktabimizda olib borilayotgan ishni yuksak saviyaga olib chiqish, yoshlarimiz kichik oltin medallarni munosib himoya qilishi va jangavor o`rinbosarlarni tayyorlab berishi, asosiy jamoa esa O`zbekiston chempionati va kubogidagi g`oliblikni qaytarishi, shuningdek Osiyo Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo`lga kiritishi va shu orqali klublar o`rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Bularni bajarish uchun qanday mashaqqat talab etilishini tushunaman. Biroq bizning jamoa ushbu vazifalarni o`z kuchi bilan engib o`tishga qodir. Bizda tajribali mutaxassislar, tasnifi yuqori bo`lgan xodimlar, jamoa uchun jon kuydiradigan futbolchilar bor. “Bunyodkor” zamonaviy infratuzilma, moddiy-texnika bazasi kabi jahon talablariga javob beradigan sharoitlarga ega. Biz klubning maqsadlari amalga oshishi uchun har tomonlama ko`mak beramiz.

- Kelgusi ishlaringizgaomad va zafarlar tilaymiz!
- Hamkasblarimiz bilan “Bunyodkor”ni yanada yuqori cho`qqilarga olib chiqish va shu orqali yurtimiz futbol muxlislarini xushnud etish uchun harakat qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1