AsosiySUG'DIYONA

​YoQIMLI IFORINGIZ «UMRI»NI UZAYTIRAMIZ

'​YoQIMLI IFORINGIZ «UMRI»NI UZAYTIRAMIZ'ning rasmi

Atir sepgandan so`ng ifori uzoqroq saqlanishini istaysizmi? Buning uchun juda oddiy qoidalarni bilib olsangiz bo`lgani.

SEZGI NUQTALARIGA DIQQAT QILING!

Mazkur nuqtalar qon tomirlarining teri qatlamiga yuza joylashgan qismlarida bo`ladi. Bilakning ichki qismi, quloq orti, bo`yinning soch bilan tutashgan qismi – bu nuqtalar ifor ta`sirini uzoqroq saqlab qolishga ko`maklashadi. Agar bir vaqtning o`zida bilak va quloq ortiga yoki bo`yin va bilakka atir sepsangiz, ifor hidi yanada o`tkirlashadi.

SOChLARINGIZ...

5-8 santimetr masofa uzoqlikdan sochga atir sepish mumkin. Albatta, agar tarkibida spirt foizi kam bo`lsa. Bunda sochdan taralgan ifor uzoq saqlanib, qo`l bilan sochingizni paypaslaganingizda ta`siri yanada ortadi. Yagona sharti sochlar yuvilgan bo`lishi kerak.

FOYDALANISh QOIDASI

Ayrim ayollar atirni bilak ichki tarafiga sepib, so`ng bir-biriga ishqalashadi. Bu noto`g`ri! Ikki bilak bir-biriga teginganida ifor ta`siri kamayadi. Agar libos bilan birga taqinchoq yoki akssesuarlardan foydalanishni istasangiz, atirni kiyinib bo`lganingizdan so`ng seping. Chunki ayrim parfyum vositalari terida iz qoldirishi yohud taqinchoq sifatini o`zgartirishi mumkin. Bordi-yu, foydalanayotgan iforingiz kiyimingizdan taralashini istasangiz, yaxshisi sharfni tanlang.

BILIB QO`YGAN YaXShI

  • har qanday qimmat atir ifori quruq tanada uzoq saqlanmaydi. Shu bois pardoz ustalari dush qabul qilgach, nam badanga ifor surtishni tavsiya etishadi.
  • Agar badan uchun hidli losondan foydalansangiz, atir sepish shart emas. Ikkisini bir vaqtda ishlatsangiz, hidi aralashib, yoqimsiz holat yuzaga kelishi mumkin.
  • Yana bir sinalgan usul: sezgi nuqtalariga namlantiruvchi yuz yoki qo`l kremidan ozroq surtib, so`ng ustidan atir seping. Shunda hidi chidamli bo`ladi.
  • Krem o`rniga vazelindan ham foydalanish mumkin. Tarkibidagi yog` miqdori teriga singib, yuzasida qolgani yoqimli ifor taratadi.
  • Ifor ta`sirini kamaytiruvchi yana bir omil yorug`lik nuridir. Agar pardoz vositalarini qorong`u va salqin joyda saqlasangiz, muammo yo`q. Aksi bo`lganida esa, tarkibi o`zgarishiga olib keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar