AsosiySavol-javob

ELEKROPAYVANDChI IMTIYoZ BERILADIMI?

'ELEKROPAYVANDChI IMTIYoZ BERILADIMI?'ning rasmi

— Turmush o`rtog`im 35 yildan buyon elekropayvandchi, 56 yoshda. Pensiya jamg`armasiga murojaat qilsak, 60 yoshdan nafaqaga chiqishingiz mumkin, deyishdi. Shu holatga aniqlik kiritsangiz.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Toshkent shahar boshqarmasi bo`lim boshlig`i Abdurashid Ismoilov javob beradi: — O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-sonli «Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko`rsatkichlarning ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi Qarorida bu ro`yxat tasdiqlangan. Elektropayvandchi kasbi bo`yicha yoshga doir imtiyozli pensiyaga, umumiy belgilangan pensiya yoshni besh yil qisqartirilgan holdagi pensiyaga metalni ishlash korxonalarida yoki qurilish tashkilotlarida to`liq ish kuni mobaynida erkaklar ish staji kamida 25 yil bo`lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko`rsatib o`tilgan ishlarga to`g`ri kelgan taqdirda hamda ish o`rni sharoiti tegishli tartibda attestasiyadan o`tkazilgan shaxslarga, attestasiya ko`rigi natijasiga ko`ra tayinlanadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar