AsosiySUG'DIYONA

TONAL KREM SURTISh QOIDASI

'TONAL KREM SURTISh QOIDASI'ning rasmi
  • Tonal kremdan foydalanishdan avval yuzga va ko`z atrofiga maxsus namlantiruvchi kremlardan surtishni unutmang.
  • Barmoq uchiga tonal kremdan surting. Ko`z qovoqlarining pasti,burun atrofi va dahan qismiga tegizib chiqing. So`ng xuddi yuvinayotgandek engil paypaslab, kremni teringiz bo`ylab tarqating.
  • Tonal krem yordamida burun ustini pardozlaymiz. So`ng engil paypaslab, yonoq va dahan qismiga takroran ishlov beramiz.
  • Bo`yin va yuzning jag` qismi asosiy pardozdan ajralib qolmasligi zarur. Bunda tonal krem yuqoridan pastga qarab surtiladi.
  • Peshona qismini pardoz qilishda tonal kremni o`rtadan boshlab, ikki yon tarafga yo`naltiring. Yakunida katta pardoz cho`tkasi bilan pardoz asosi ustidan engil ishlov berasiz.

    Boshqa yangiliklar