AsosiySUG'DIYONA

HOMILADORLIKDA FOYDALI VITAMINLAR

'HOMILADORLIKDA FOYDALI VITAMINLAR 'ning rasmi

1. B9 vitamini (folat kislotasi)

Bo`yingizda bo`lganini bilgan zahotingizdan boshlab, rasioningizni B9 vitamini bilan boyiting. Bu vitamin homila umurtqa pog`onasida tug`ma nuqsonlar yuzaga kelishining oldini oladi. B9 vitamini to`q yashil sabzavotlar, ko`katlar shuningdek, sabzi, qovun, qovoq, lavlagi, tuxum sarig`ida bo`ladi.

2. B6 vitamini

Homiladorlikning sakkizinchi haftasi tugayotganda, ertalablari ko`ngil aynishlar, oyoqlarda tomir tortishishi va ayniqsa asabiylashish kuzatiladi. Ana shunday paytda B6 vitamini yordamga keladi. Bu vitamin homila markaziy asab tizimi to`liq rivojlanishida katta rol o`ynaydi. Umuman V guruhiga mansub vitaminlar non, karam, loviya, grechixa, yong`oq, baliq mahsulotlarida bo`ladi.

3. Magniy va A vitamini

Homiladorlikning 11 haftasidan boshlab, homila suyaklarining o`sishi tezlashadi. Tug`ilajak mittivoyning bo`yi, og`irligi, boshining hajmi onaning ayni shu davrda magniyni qancha iste`mol qilganligiga bog`liq. Tarvuzni magniy xazinasi desak ham bo`laveradi. Shuningdek anjir, bodom, banan va to`q yashil sabzavotlarda ham magniy ma`lum miqdorda mavjud. A vitamini esa ona va bolaning bo`g`imlarni mustahkamlaydi. A vitamin baliq moyida, jigarda, tuxum sarig`ida, yangi sog`ilgan sut va sariyog`da, qolaversa sariq rangli mevalarda bo`ladi.

4. D vitamini va Omega-3 kompleksi

Ikkinchi uch oylikdan boshlab, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ko`ngil aynishlardan xalos bo`lasiz. Homila esa deyarli butunlay shakllanib bo`ladi. Bu davrga kelib raxitga qarshi D vitaminiga alohida etibor qarating. Bu vitamin quyosh nurlari ta`sirida ona terisida ishlab chiqariladi, quyoshsiz mavsumlarda esa uning dori shaklidagisini qabul qiling. Omega-3, barcha baliq turlarida, baliq yog`ida, tuxum sarig`ida, sut va sut mahsulotlarida mavjud.

5. Temir moddasi

Homiladorlikning 22 haftaligidan boshlab ona organizmini temir moddasi bilan boyitish tavsiya etiladi. Agar quyidagi mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilsangiz, dori ko`rinishidagi temir preparatini ichishga xojat qolmaydi. Rasioningizga mol, tovuq va kurka go`shtidan tayyorlanadigan taomlarni ko`proq qo`shing. Shuningdek loviya, olma, quruq mevalar ham temir moddasiga boy.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar