AsosiySUG'DIYONA

JINSI ShIMLARNI DAZMOLLAShNI O`RGANAMIZ

'JINSI ShIMLARNI DAZMOLLAShNI O`RGANAMIZ'ning rasmi

Har birimizning garderobimizda hech bo`lmaganda bir dona jinsi matoli kiyim bor. Ko`pchilik uy bekalari uni dazmollash kerak yoki kerak emasligi va qanday dazmol qilinishi haqida ikkilanadilar. Quyida kichik qoidalar esa sizga bu borada asqotadi.

1. Birinchi navbatda, jinsi kiyimni dazmollashdan oldin uning yorlig`ini o`qib chiqing. U erda necha darajada qizdirilgan dazmol bilan dazmollanishi kerakligi haqida ma`lumot beriladi. Jinsi matosining ham turlari ko`p, har birida turli xil haroratda dazmol qilinadi. Ba`zi hollarda esa dazmol qilish umuman tavsiya etilmaydi.

2. Agar dazmol qilish mumkin bo`lsa, dazmolni tavsiya etilgan haroratga sozlab ishni boshlang. Yuvilgan shimni butunlay qurishini kutmang, ozgina nam kiyimlar yaxshi tekislanadi. Jinsi kiyimni teskarisidan dazmollang, shunda yaltirashining oldini olasiz.

3. Albatta doka ishlating, shunda kiyimning dazmol olmagan joyi qolmaydi. Yuvilgan, ammo g`ijim bo`lib qolgan kiyimga purkagichli idishda suv sepib dazmollang.

4. Dazmol haroratini bir maromda ushlab turing, yupqaroq jinsi matolar uchun 150 darajada qizdirilgan dazmol, qalinroqlari uchun esa bundan yuqoriroq harorat tavsiya etiladi. Dazmoldan so`ng kiyimni darrov kiymang, uni butunlay sovushiga qo`yib bering, aks holda shimning tizzalari, ustki kiyimlarning esa tirsaklari bo`rtib chiqib qoladi.

5. Ko`pchilik ishlab chiqaruvchilar jinsi matosidan tikilgan kiyimlar to`g`ri yuvib, to`g`ri quritilsa, dazmol qilishga ehtiyoj tug`ilmasligini uqtirishadi. Bunday natijaga erishish uchun ularni iliq 40 darajagacha bo`lgan suvda yuving. Kir yuvish mashinasida yuvsangiz, oqartiruvchisiz kukundan foydalaning. Qo`lda yuvish uchun eng yaxshisi kir sovun.

6. Qo`lda yuvganda qattiq siqmang, shunchaki nomiga suvini sirqiting. Kir yuvish mashinasida siquvni 600 dan ko`pga qo`ya ko`rmang. Lekin agar iloji bo`lsa, yuvib bo`lgandan so`ng qo`lda olib siqa qoling.

7. Shamol yaxshi aylanadigan xonaga avval yaxshilab qoqib, qo`lingiz yordamida tekislab, yoyib qo`ying.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar