AsosiyDunyo

BAA chilimga ta`qiq qo`ymoqda

Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat olib borayotgan chilim kafelari yaqin kunlar ichida yopiladi. Bu haqda Vesti.Ru nashri xabar bermoqda.
 
1 fevraldan yangi tartib qoidalar kuchga kirdi. Ular chilim kafelari faoliyat olib borishlari uchun qattiq tartib va talablar qo`yilgan. Endi chilimni faqatgina maxsus ko`rsatilgan joylardagina chekish mumkin bo`ladi.
 
Maktab, shifoxona va machitlar atrofida joylashgan chilim kafelari bir oy ichida yopilishi kerak. Qolgan kafelarga o`z yo`nalishlarini o`zgartish uchun yarim yil vaqt berildi.
 
Suv bo`yidagi chilim kafelari esa 1 yil ish olib borishlariga ruxsat berildi. Keyin esa ular ham o`z faoliyatlarini to`xtatishga majbur bo`ladilar.
 
The National nashrining ma`lum qilishicha, Abu-Dabining o`zida 500 dan ortiq chilim kafelari mavjud. 

    Boshqa yangiliklar