AsosiySUG'DIYONA
9378

«RENTGEN NURI ZARARLI EMASMI?»

'«RENTGEN NURI ZARARLI EMASMI?»'ning rasmi

— Shifokorlar 5 yashar o`g`limni ikki marta (bo`yin sohasi va boshini) rentgen qildirishni buyurishdi. Ikki kun oldin bo`ynini 3 xil rakursda rentgen qildirdik. Endi boshini ham rentgen qildirish uchun oradan qancha vaqt o`tishi kerak? Bu tekshiruv ketma-ket amalga oshirilganda bolamga zarar qilmaydimi?

Nazira, Bo`stonliq tumani

— Odatda rentgen tekshiruvi shifokor ko`rsatmasi asosida o`tkazilib, bolaning yoshi, tana vazniga ko`ra rentgen nuri darajasi belgilanadi. Stasionar sharoitda mutaxassislarning o`zaro kelishuvi hamda kasallikning og`ir va o`rta og`ir darajasiga ko`ra rentgen tekshiruvida ketma-ketlik yuzaga kelishi mumkin. Bu jarayon aksariyat hollarda kasallikka erta va aniq tashxis qo`yish uchun o`tkazilib, shifokor ko`rsatmasi bilan bajariladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar