BINAFShAGULI (FIALKA)
Tuvakda o`stirilgan binafsha guli o`zidan yoqimli ifor taratibgina qolmay, er-xotin munosabatlariga ham iliqlik bag`ishlaydi. Aytishlaricha, qaysi xonadonda binafsha guli bo`lsa, o`sha erda tortishuvlar kam bo`lar ekan.
XITOY ATIRGULI
Bu gulning yana bir nomi Gibiskus. Xonakilashtirilgan turlari muhabbat ramzi hisoblanadi. Yangi kelin-kuyovlarga sovg`a qilingan mazkur gulni baxt-saodat elchisi deyishadi.
XOYYa (SARG`ISh RANGLI PEChAKGUL)
Mutaxassislar Xoyya guli er-xotin yotoqxonasiga qo`yilishini tavsiya etishadi. O`zidan ijobiy quvvat ulashgan bu o`simlik kishi kayfiyatini yaxshilaydi.
MIRTA (DOIMIY YaShIL O`SIMLIK)
Oila a`zolaringizga xotirjamlik hissini ulashadi. Ayniqsa yoshi katta insonlar uchun juda foydali. Shu bilan birga asabiy erkaklarga ham ijobiy ta`sir etadi.
LIMONGUL
Meva tugmasa-da, yoqimli ifori bilan xona «atmosfera»sini yaxshilaydi. Bolalar yotoqxonasiga qo`yilsa, farzandlaringiz tinch orom oladi.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






