AsosiySUG'DIYONA

TANIShING, BEPUL VA FOYDALI KOSMETIKA

'TANIShING, BEPUL VA FOYDALI KOSMETIKA'ning rasmi

Muz

Terini taranglashtiradi. Har ikki kunda bir muz bo`lakchasini yupqa matoga o`rab, yuz, bo`yin teringizni u bilan uqalang. Shunda qon aylanishi yaxshilanib, erta ajin tushishining oldi olinadi. Muz bo`lakchalarini moychechak damlamasidan tayyorlashingiz mumkin.

Choy

Yoshartiruvchi xususiyatga ega ichimlik. Terini tekis qilib, sog`lomlashtiradi. Choynak tagida qolgan choy shamasini ezib, ko`pirtirilgan tuxum oqiga qo`shing. Yuzingizga surtib, 10 daqiqadan so`ng yuving.

Tuz

Tuz terini yumshatuvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Yarim stakan mayda tuzni qaynoq suvga qo`shing. Oyoqlaringizni aralashmaga solib o`tiring. So`ngra issiq suv bilan yuving. Yirik tuz esa oyoq kafti va tovonning qavarishida foydali. Nam mato yoki gubkani tuzga botirib olib, tovon va oyoq kaftini uqalash mumkin. So`ngra parvarishlovchi krem surting.

Xamirturush

Husnubuzar paydo bo`lishining oldini oladi, yallig`langan teri uchun foydali. 1 choy qoshiq xamirturushni 2 osh qoshiq qaynoq sut bilan aralashtiring. Biroz sovigach, yuzingizga surting. 10 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.

Qoshiq

Salqigan ko`z ostini ayni shu vosita bilan parvarishlash mumkin. 2 ta qoshiqni muzxonaga qo`ying. Biroz vaqtdan so`ng olib, ko`z ostiga bosing. Muzlatilgan qoshiq bilan yuzni uqalash ham ajinlarga qarshi eng yaxshi kurashish yo`llaridan biri.

Tish yuvish pastasi

Husnbuzar ustiga tish yuvish pastasidan surtib qo`ysangiz, ulardan tezda xalos bo`lasiz.

Manba: “SUG‘DIYONAgazetasi

Boshqa yangiliklar