Asal
2 choy qoshiq asalni 1 stakan iliq suvda eritib, vanna suviga qo`shing. Asalli vanna teridagi mayda yoriqlarga davo bo`lib, teri mayinligini oshiradi.
Suli yormasi
Bir siqim sulini 1 stakan qaynoq suvga damlab, dokadan o`tkazing. So`ng vannadagi to`ldirilgan suvga qo`shing. Sulili vanna teri quruqlashishida asqotadi.
Ittikanak
1 litr suvda 2 osh qoshiq ittikanak (chereda) o`simligini damlab, 15 daqiqa tindiring. So`ng dokadan o`tkazing-da, to`ldirilgan suvga qo`shing. 15 daqiqa vanna qabul qilish uch un kifoya. Mazkur o`simlikdan tayyorlangan suvli muolaja asabni tinchtantirib, teri toshmalariga davo bo`ladi.
Efir moylari
5 g.dan limon, rozmarin va apelsin efir moylarini vannadagi iliq suvga aralashtiring. 15-20 daqiqa davom etgan muolaja organizmdagi yallig`lanish jarayonlarida asqotadi.
Foto: efirniy masla degan yozuviga qarang
Lavanda guli
1 dona quritilgan o`simlik barglari solingan xaltani 1 litr qaynoq suvda damlab, 15 daqiqadan so`ng vannadagi suvga qo`shing. Lavandali vanna charchoqni engishda yordam berib, teridagi sellyulit bilan kurashadi.
Suv o`tlari
Dorixonalarda dengiz suv o`tlaridan tayyorlangan to`plam harid qilib, yorlig`idagi ko`rsatmaga muvofiq tayyorlang. Bu kabi vanna tetiklashtirib, organizmdan toksinlar ajralishini faollashtiradi.
Foto: vodorosli degan yozuvga qarang
Dengiz tuzi
Ishdan charchab qaytganingizda 1 osh qoshiq dengiz tuzini iliq suvga aralashtirib, 10 daqiqa vanna qabul qiling. Ushbu muolaja asabni tinchlartirib, oyoq-qo`ldagi teri qavarishlarini ham yumshatadi.
Limon
Ikkita limon sharbatini 1 litr qaynagan suvga aralashtirib, vannadagi to`ldiridgan suvga qo`shing. Yaxshilab aralashtirib, 10 daqiqa suvli muolaja qabul qilishingiz mumkin. Limonli vanna terini taranglashtirib, sellyulitni bartaraf etishda asqotadi.






