AsosiySUG'DIYONA

QURUQ MEVALARDAN KEKS!

'QURUQ MEVALARDAN KEKS!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 300 gr. un, 200 gr. margarin, 150 grammdan shakar va yong`oq, 100 grammdan mayiz, o`rik turshagi va olxo`ri qoqi, 4 dona tuxum, 3 choy qoshiq xamiryumshatgich.

Tayyorlanishi: 1. Quritilgan mevalarni 15 daqiqaga qaynoq suvga solib qo`ying.

2. Margarinni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Avval shakar, so`ngra tuxum solib aralashtiring.

2. O`rik turshagi va olxo`ri qoqini maydalab to`g`rang. Yong`oqni maydalang. Keyin barchasini margarinli aralashmaga qo`shing.

3. Un va xamiryumshatgich solib, smetana quyuqligida xamir tayyorlang.

4. Keks qolipini yog`lab, xamirni soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.

6 kishilik.

Boshqa yangiliklar