Zamonaviy tilshunoslik fanida ikki yoki undan ortiq tillarni egallagan kishilarni “poliglot” deb ataydilar...
♦ Vatikan davlatining tilshunosi, kardinal Juzeppe Kaspar Messofanti (1774-1848y.y.) 114 til va 72 lahjadagi so`zlarni o`z tiliga tarjima qila olgan. Shuningdek, u 60 tilda bemalol gapirgan va yozgan. Eng qizig`i, umr bo`yi tug`ilib o`sgan yurtidan tashqariga chiqmagan noyob qobiliyatli ruhoniy bularning barini hech kimning ko`magisiz, mustaqil o`rgangan.
♦ XX asr vakili angliyalik jurnalist Garold Uilyams 70 ta tilni juda chuqur bilgan. U 10 yoshidayok grek, lotin, ivrit, farang va nemis tillarida bemalol gaplasha olgan.
♦ Birlashgan Millatlar Tashkilotida bir necha yil tarjimon bo`lib ishlaganJorj Smit 69 tilni mukammal bilgan.
♦ Avstraliyalik professor Stiven Vurm esa 500 ga yaqin tilni bilib, ulardan 30 tasida xuddi o`z ona tilidagidek gapira oladi.
♦ 1993 yilda tug`ilgan Shimoliy Tanzaniya davlatining Arusha shahri fuqarosi Sharif Id na o`rta va na boshqa bir o`quv dargohini ko`rmasdan, hatto, biror bir chet mamlakatga bormay yoki xorijliklar bilan ma`lum vaqt muloqot qilmasdan turib arab, ingliz, fransuz, italyan va o`zining suaxili hamda Kongoning mahalliy lingala tillarini ikki-uch daqiqa orasida og`zaki o`zlashtirib olgan.
♦ Ispan tili butun dunyoda ingliz va xitoy tilidan so`ng keng tarqalgan. U o`zining g`alati tinish belgilari bilan ajralib turadi. Masalan, “?” va “!” qo`llanadigan gaplarda ushbu belgilar gap boshida ham yoziladi. Eng qizig`i, ular gap avvalida teskarisiga yoziladi. Misol uchun, “Ishlaringiz yaxshimi?”, degan gap ispan tilida “¿Cómo estás?” shaklidadir.





