AsosiySUG'DIYONA

GIPERG`AMXO`RLIK BOLAGA ZIYoN ETKAZADIMI?

'GIPERG`AMXO`RLIK BOLAGA ZIYoN ETKAZADIMI? 'ning rasmi

Bolasini «erkalatib tashlagan»lar to`g`risida, albatta, eshitgansiz, yoki aksincha, «bolaga nafas olgani bermaydi»gan tanishlaringiz ham bordir. Aslida, bu ikki bir-biriga qarashning zamirida bir narsa – giperg`amxo`rlik yotadi. U esa... ruhiy zo`ravonlikning bir ko`rinishi, deb tasniflanadi, ruhshunoslar tomonidan.

Uning ikki turi mavjud

Birinchi turida, haddan ziyod mehr ko`rsatiladi. Bunday oilada «kichkintoyi»ni xafa qilmaslik, qiynab qo`ymaslik uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kap-katta bolani kiyintirib, qoshiqda ovqatlantirib qo`yish oddiy holat. Uning har qanday istagi so`zsiz bajariladi. Yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday qiyinchiliklar kattalar tomonidan bartaraf etiladi, hech qanday sababsiz bola rag`batlantiriladi.

Ikkinchi turida, ona – yosh «Farmonbibi» yoki ota – «Napoleon», ya`ni aytganlari aytgan, deganlari degan bo`lishini istaydiganlardan. Bolalar ular o`rnatgan qonun-qoidalarga so`zsiz rioya etishi shart! Kattalar kichkintoydan butkul itoatni va bu itotgo`ylikdan bola o`zini baxtli his qilishi kerakligini talab qiladilar.

Sabablari nimada?

Aksariyat hollarda giperg`amxo`rlik ota-onalarning komplekslari va omadsizliklari zamirida vujudga keladi. Jumladan:

-o`ziga past baho berish;

-atrofdagilar bilan chiqisha olmaslik (bunday muammoga duch keladigan ona yoki ota o`z diqqatini butkul bolaga qaratadi);

-Yolg`izlikdan qo`rqi;

-Єarilikdan qo`rqish;

-O`zlarining yoshlikda mehrga to`ymaganlari;

-Bolaning hayotidan doimiy qo`rquv va vahima.

Agar ota-onaning birortasi g`amxo`rlikni haddan ziyod oshirib yuborayotgan bo`lsa, demak uning ruhiyatida biror salbiy o`zgarish, masalan, stress yoki depressiyada bo`lishi mumkin. (undov bilan)

Foto: o`ziga ko`zgu tutib turgan ayol

Oqibatlari:

-bola mustaqil qaror chiqara olishga qodir bo`lmay o`sadi;

-ulg`aysa-da, o`zini yosh bola deb his qiladi;

-o`ziga ishonchi bo`lmaydi;

-omadsizlik, irodasizlik;

-kurashish nimaligini bilmaydi, bo`sh-bayov;

-o`ziga past baho berish;

-birovlarning fikri bilan yashash, izmiga tushib qolish;

-odamlar bilan munosabatga kirishishga qiynalish.

Eng oddiy belgilari:

-Ona doim bolasi nima kiyishi kerakligini aytadi;

-bola nimani va qanday ketma-ketlikda eyishi kerakligini hal qiladi;

-ota-ona bolani qaerga aylantirishga olib chiqishini va u erda nima bilan mashg`ul bo`lishini aniq biladilar;

-bola uy vazifalarini faqat otasi yoki onasi bilan birga bajaradi;

-ota-ona bolasi kim bilan do`stlashishi mumkin, kim bilan mumkin emasligini hal qiladilar.

Statistik ma`lumotlarga qaraganda, ota-onalarning 40 foizi farzanddalriga giperg`amxurlik qilishar ekan. (undov bilan)

Nima qilish kerak?

Agar haddan tashqari g`amxo`rlik sizga yot illat bo`lmasa, quyidagi tavsiyalarimizdan foydalanishingiz mumkin:

1.Avvalo, farzandingizni emas, unga bo`lgan munosabatingizni o`zgartiring.

2.«Kattalarni gapiga kirsangchi», «quloqsiz», «qaysar» degan gaplarni qo`llamaslikka harakat qiling.

3.Bolaning o`ziga tanlov huquqini bering. Nima eyishni, nimani kiyishni, qaysi o`yinchoqlari bilan o`ynashni, bo`sh vaqtini qanday o`tkazishni, kim bilan muloqot qilishni o`zi tanlasin.

4.Farzandingizning tanlovi va istaklarini hurmat qiling.

5.Bolaga erk bering. O`zi do`stlashsin, o`zi dars qilsin. Agar muammolarga duch kelsa, – o`zi maslahat so`raydi. Ana o`shanda ham ko`rsatma emas, maslahat bering, tavsiyangizdan foydalanish yoki foydalanmaslik ham uning ixtiyorida.

Avval farzandingiz to`satdan berilgan erkinlikka o`rganolmay, esankirab qolishi mumkin. Axir u o`zi qaror chiqarib, zimmasiga yuklangan vazifalarni mustaqil bajarishga o`rganmagan. Biroq tez orada uning qanchalar to`g`ri qarorlar chiqara olishiga va uning qanchalar mustaqil harakat qila olishiga ajablanasiz.

NAZOKAT tayyorladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar