AsosiySUG'DIYONA

GAZ PEChI PANJARASINI TOZALAYMIZ

'GAZ PEChI PANJARASINI TOZALAYMIZ 'ning rasmi

Har bir uy bekasining sarishtaligi, birinchi o`rinda, oshxonasiga qarab baholanadi. Va u erdagi jihozlarning tozaligi ham uy bekasining ozodaligidan darak beradi. Shunday jihozlardan biri gaz pechi ustidagi panjarani yuvish sirlari bilan bo`lishdik.

1. Qanchalik tez tozalash ishlarini tugatgingiz kelsa ham, vaqtni ayamang. Buning uchun avval panjarani gaz pechidan ajratib oling. Gaz pechi patnisiga suv quyib, pech ichiga qo`ying, so`ng ustiga panjarani joylashtiring-da, gazni 15 daqiqaga yoqib, boshqa ishlaringizni qilavering. Kuchli bug`lanish natijasida qotib qolgan yog` qoldiqlari erib tushadi.

2. Agar hovlida yashasangiz, xalqona uslubni qo`llab ko`ring. Olov yoqib, ustiga panjarani qo`ying-da, yog`lari oqib tushib, toza bo`layotganini tomosha qiling.

3. Shuningdek, panjaraga tarkibida kislota bo`lgan istalgan vositani surtib, 12 soatga ivitib qo`yish ham samarali tozalash usulidir.

4. Yoki єo`llaringizga rezina qo`lqoplarni kiying-da, ishga kirishing, sim sochiq yoki metal gubka yordamida qum bilan panjarani ishqalang.

5. 2-3 soatda ishingiz osongina bitishi uchun sirkali suvga panjarani ivitib qo`ying, so`ng toza suv bilan yuvib tashlang.

6. Ishingizni yanada osonlashtirish uchun esa har doim kechquringi idish-tovoqlar yuvib bo`lgach, uni yuvib, artib, quritib qo`ying. Yana bir narsani unutmang, panjara ustiga to`kilgan sut yoki boshqa suyuqliklarni darrov artib oling. Bu sizning bir necha daqiqangiznigina oladi xolos, ammo keyinchalik yuzaga keladigan muammodan qutulasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar