AsosiySUG'DIYONA
3628

KO`Z OSTIDA ShIShLAR BO`LSA...

'KO`Z OSTIDA ShIShLAR BO`LSA...'ning rasmi

— So`nggi vaqtlarda ko`zimning tagida shishlar paydo bo`lib qolgan. Buning sababi nimada ekanligini bilmoqchi edim.

Jamila, Toshkent shahridan

Nodira Haydarova, oliy toifali shifokor-terapevt: — Ko`z ostida shish paydo bo`lishining bir necha sababi bor. Masalan, buyrak va yurak faoliyatidagi o`zgarishlar, allergik holatlar, uyqusizlik, zo`riqish ta`sirida shishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda bemorning kun davomida qancha miqdorda suyuqlik qabul qilishi, necha mahal peshob ajralishi va tananing boshqa erlarida shishlar bor-yo`qligi kabi holatlar o`rganilib, tashxis qo`yish mumkin. Agar bemorning boshqa turdagi shikoyatlari bo`lsa, tahlil natijalariga ko`ra aniq muolaja tayinlanadi. Ammo ko`z ostida muntazam shishlar paydo bo`lishiga befarq bo`lmaslik kerak.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar