AsosiySUG'DIYONA

​MIYa UChUN 14 FOYDALI MAShG`ULOT

'​MIYa UChUN 14 FOYDALI MAShG`ULOT'ning rasmi

Ijodiy qobiliyatingizni rivojlantiring.

Chap qo`lingizda yozing yoki tishlaringizni tozalang. Agar siz asli chapaqay bo`lsangiz, bu kabi yumushlarni o`ng qo`l bilan bajarib ko`ring.

Tez fikrlash uchun...

Uyingizga ko`zingizni yumib kiring. Yoki ko`zlaringiz yumuq holda dush qabul qiling.

Brayl yozuvini o`rganing.

Cho`ntagingiz yoki hamyoningizga qo`l solib, qancha pulingiz borligini hisoblang.

Imidjingizni o`zgartirish — qarashlaringizni ham o`zgartiradi.

Kiyinish uslubingizga xos bo`lmagan libos sotib oling va kiying.

Sochlaringiz rangini o`zgartiring yoki o`zgcha uslubda kestiring.

Xotirangizni mustahkamlang.

Uy yoki ishxonangizga boshqa yo`nalish orqali borib ko`ring.

Sayyohatga chiqing.

Muzey yoki ko`rgazmaga boring.

Odatiy narsalar miyangizni charchatadi.

Uyingizda narsa-buyumlar, mebellar joyini o`zgartiring.

Taomnomangizga yangilik kiriting. Yoki eski reseptingizni yangicha usulda tayyorlab ko`ring.

Uy ichida bir oyog`ingizda poshnali tufli, bir oyog`ingizda shippak bilan yuring.

Nutq va xotirangiz rivojlanishi uchun mashqlar bajaring.

«Qanaqasiz?» «Nima yangiliklar?» degan savollarga aforizmlar, iboralar bilan javob qaytaring.

Suhbatlaringiz davomida yangi xandalar va mashhur hikoyalardan foydalaning.

    Boshqa yangiliklar