AsosiyDunyo

Jazoirdagi aviahalokat oqibatida 77 kishi halok bo`ldi

Jazoirda Gerkules xarbiy samolyoti aviahalokatga uchradi, oqibatda 77 kishi halok bo`ldi. Halokatdan faqat bir kishi omon qoldi. 

Bu haqda Rossiya 24 telekanali xabar bermoqda. Samolyot bortida 74 yo`lovchi va 4 ekipaj a`zosi bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, faqatgina birgina harbiy omon qolgan. U bosh va ko`krak qafasidan jiddiy jarohatlangan.
 
Gerkules o`z manziliga bir necha kilometr qolganda etib bora olmagan. Samolyot qulashi oqibatida portlash yuz bergan. Tahminlarcha, halokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan. 

Sinoptiklarning xabar qilishicha, samolyot uchuvchilari tog`li hududdagi qor bo`roniga tayyor bo`lishmagan. 

Hozirda Jazoirda uch kunlik motam e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar