AsosiySUG'DIYONA

LINOLEUMGA ZELYoNKA TO`KILIB KETSA…

'LINOLEUMGA ZELYoNKA TO`KILIB KETSA…'ning rasmi

To`kilgan zahoti uni biron matoga ehtiyotkorlik bilan shimdirib oling, toki polga yoyilib ketmasin. Agar zelyonka qurib, linoleumga singib ketishga ulgurgan bo`lsa, uni benzin yoki kerosin vositasida o`chirishga harakat qilib ko`ring. Lattaga benzin yoki kerosin quyib, dog` ustida 10 daqiqa qoldiring, keyin sekingina artib oling. Muammoni istalgan kislorodli oqartuvchi vosita (kislorodny otbelivatel) vositasi ham hal qilish mumkin. Uni dog`ning ustiga sepib, ustidan ozgina suv tomizing va 30 daqiqaga shu holda ivitib qo`ying. Keyin eski tish cho`tkasi yordamida yaxshilab ishqalab, so`ng latta bilan artib oling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar