AsosiySUG'DIYONA

UYG`URChA TAOM

'UYG`URChA TAOM'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 300 gr. qaynatilgan mol go`shti, 200 gr. qaynatilgan qizil loviya, 100 ml. o`simlik yog`i, 50 gr. yong`oq, bittadan pomidor va qizil bulg`or qalampiri, 2-3 bo`lak sarimsoq piyoz, bitta piyoz, bir bog` selderey ko`kati, tuz, murch; bezak uchun: 3 dona tuxum, ta`bga ko`ra uzum sirkasi.

Tayyorlanishi: 1. Halqa shaklida to`g`ralgan piyozni o`simlik yog`ida qovuring. Pomidorni parrak, bulg`or qalampirini somoncha shaklida to`g`rang. Sarimsoqpiyozni qirg`ichdan o`tkazing. Barcha masalliqlarni qozonga solib,5-8 daqiqa o`rtacha olovda qovuring.

2. Qovurilayotgan masalliqqa maydalangan ko`kat va qizil loviyani solib, yarim piyola suv quying-da, qopqog`ini yoping. Olovni pasaytirib, 10 daqiqaga dimlab qo`yasiz.

3. Tuxumni atalab, o`simlik yog`i solingan tovada pishirib oling-da, somoncha shaklida to`g`rang.

4. Taom tayyor bo`lgach, tozalangan yong`oq qo`shib, engil aralashtirasiz. So`ng idishlarga solib, ustini tuxumli quymoq bilan bezating. Taomni uzum sirkasi bilan dasturxonga tortiq etishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.

4 kishilik.

Manba: “SUG`DIYoNA”

Boshqa yangiliklar