AsosiySavol-javob

PARALIMPIYa ASSOSIASIYaSIGA BOKS YO`NALIShI BO`YIChA A`ZO BO`LISh MUMKINMI?

'PARALIMPIYa ASSOSIASIYaSIGA BOKS YO`NALIShI BO`YIChA A`ZO BO`LISh MUMKINMI?'ning rasmi

— O`zbekiston milliy Paralimpiya assosiasiyasiga skalyoz bo`yicha boks yo`nalishida a`zo bo`lish mumkinmi?

Olimxo`ja G`ulomov, Toshkent shahri, Shayxontahur tumani

Sa`dulla Lutfullo Hoji o`g`li, O`zbekiston milliy Paralimpiya assosiasiyasi murabbiyi:

— O`zbekiston milliy Paralimpiya assosiasiyasiga jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida Paralimpiya harakatini rivojlantirish orqali imkoniyati cheklanganlarning jamiyatga faol integrasiyalashuvini ta`minlash, hayotga qiziqishini oshirish, iqtidor va salohiyatini ro`yobga chiqarish borasida insonparvarlik faoliyatini amalga oshirmoqda.

Assosiasiyada tayanch umurtqa tizimida tug`ma nuqsoni bo`lganlar, poliomielit xastaligiga chalinganlar, amputantlar, xira ko`ruvchi va mutlaqo ko`rolmaydigan insonlar, hayoti faoliyati davomida jismoniy tomondan og`ir jarohat olganlar uchun sportning 25 turi bo`yicha yo`nalishlar mavjud. Ammo, boks insonga og`ir tan jarohati etkazish ehtimoli ko`proq sport turi bo`lganligi sabab paralimpiya o`yinlariga kiritilmagan.—

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar