AsosiySavol-javob

“NARXLAR OShSA OLDINDAN TO`LANGAN OYLARGA QO`ShIMChA TO`LOV QILAMANMI?”

'“NARXLAR OShSA OLDINDAN TO`LANGAN OYLARGA QO`ShIMChA TO`LOV QILAMANMI?”'ning rasmi

— Oldindan gaz uchun to`lov qilganman. Gazning narxi oshdi. Endi gaz uchun oldindan to`langan oylar uchun yana qo`shimcha to`lov qilmaymanmi?

Akbarjon Yokubov, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri

R.NAZAROV, “Farg`ona viloyati bo`yicha gaz ta`minoti” hududiy filiali direktori o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 apreldagi 178-sonli "Aholiga kommunal xizmat ko`rsatishni takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorining 7-bandida "Kommunal xizmatlar uchun avans sifatida to`langan to`lovlarga, ushbu davrda tegishli tariflar ko`paygan taqdirda qo`shimcha haq to`lashdan ozod etiladilar (o`n ikki oydan ortiq bo`lmagan davr uchun)”, deb ko`rsatib o`tilganligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar