AsosiySavol-javob

«ISh STAJ BORU, PENSIYa YO`Q!»

'«ISh STAJ BORU, PENSIYa YO`Q!» 'ning rasmi

-Onam 58 yoshda. Shifokorlar saratonning dastlabki belgilariga tahmin qilishayapti. Ilgari davlat tasarrufidagi do`konlarda sotuvchi bo`lib ishlagan. Ayni dam pensiyaga chiqishlari uchun ish staji talab qilinayapti. Ammo ishlagan joylaridan bu haqda ma`lumot chiqmayapti. Vaholanki, mehnat daftarchasiga barcha qaydlar kiritilgan. Bu vaziyatda kimga murojaat etishimiz mumkin?

Nargiza Shamsieva, Zangiota tumani

-Arxiv muassasalarida tegishli tashkilotlar bo`yicha hujjatlar saqlanmaganligi to`g`risida arxiv ma`lumotlarini olish va ushbu ma`lumotnomalarni ilova qilgan holda mehnat daftarchasi bilan Pensiya jamg`armasi bo`limiga murojaat etish lozim bo`ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomning 57-bandiga asosan ish staji to`g`risida taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligini aniqlash maqsadida Pensiya jamg`armasi bo`limi:

ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmunini va zarur tarzda rasmiylashtirilganligini baholaydi hamda zarurat bo`lganda ular berilishining asoslanganligini tekshirish to`g`risida qaror qabul qiladi;

zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to`g`risida qaror chiqaradi.

Ushbu Nizomga muvofiq Pensiya jamg`armasi bo`limining qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan Pensiya jamg`armasi bo`limining bevosita yuqori organiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar