-Ukam xotini bilan ajrashgan. Bolasi uchun aliment to`laydi. Yaqinda xorijga ketish hujjatlarini tayyorlayotib, chet elga chiqishi uchun sud tomonidan taqiq qo`yilganini bildik. Ushbu taqiqni qanday qilib bekor qilish mumkin?
Nasiba Mamanova, Qashqadaryo viloyati
-Qarzdorlik to`lovlari mavjud bo`lgan holatlarda fuqaroning xorijga chiqishi cheklab qo`yiladi. Ayni vaziyatda ukangizning qarzdorlik to`lovlarini aniqlash lozim. Agar chindan ham qarzdorlik mavjud bo`lsa, uning to`lig`icha qoplanishi cheklov bekor qilinishi uchun asos bo`ladi. Voyaga etmagan farzandlar uchun to`lanayotgan alimentga doir qarzdorlik ham xorijga chiqish uchun cheklov qo`yilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






