- Ziyofatga taklifnomada ko`rsatilgan vaqtda etib borish lozim. Uzrli sabablar bo`lsa, 3-5 daqiqaga kechikish mumkin.
- Sho`rvani qoshiqning uchiga yaqin chekkasidan xo`rillatmay, puflamay ichish tavsiya etiladi.
- Ovqatni biroz engashgan holda eng, yotib emas.
- Qo`shningiz likopchasi ustidan qo`l uzatib narsa olmang.
- Nonni qo`l bilan oling va tishlab emas, kichik-kichik burdalab eng.
- Istasangiz, saryog`ni kichik non bo`lagiga surtib eng. Ammo katta bo`lak nonni olib, uni tishlab emaslik lozim. Sho`rvaga ham non burdalab solmang.
- Pichoq yordamida og`zingizga hech narsa solmang.
- Oldingizdagi anjom va idishlarni yig`mang, ularni ofisiant olsin.
- Suyak yoki meva urug`ini (danagini) og`izdan sanchqi yoki qoshiqcha yordamida ohista olib, likopchaga qo`ying, barmoqlaringiz bilan emas.
- Yoningizda o`tirgan insondan u yoki bu narsani uzating, deb so`ramang, bu ishni ofisiant bajarishi lozim.
- Tish tozalagichdan hammaning oldida foydalanmang.
- Ovqatning shirin yoki bemaza, sho`r yoki achchiqligi haqida gapirmang.
- Yoningizdagi ikki qo`shningiz bilan, eshitish imkoni bo`lsa, qarshingizda o`tirgan mehmon bilan ham suhbatlashishingiz mumkin.
10.11.2017 17:41
ZIYoFATGA BORASIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING!






