1

​Madad-shifo: “QIZIM SEMIRIB KETAYaPTI...”

Salomatlik 10.11.2017, 19:28
​Madad-shifo: “QIZIM SEMIRIB KETAYaPTI...”
— Sakkiz yoshli qizim tengqurlariga nisbatan yirikroq ko`rinadi. Kun sayin to`lishib ketayotganidan esa qattiq xavotirdaman. Ishtahasi yaxshi, ammo shunga yarasha harakatchan ham. Nahot bolalarda ham gormonal o`zgarishlar kuzatilsa?! Shu haqida ma`lumot bersangiz...

A.Murodova, Navoiy viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— 8-12 yoshli qizlarda kuzatiladigan vazn ortishi pubertat davriga o`tish oldi holati bo`lib, organizmdagi gormonal holat o`zgarishi tufayli kelib chiqadi. Insulin ko`p miqdorda ishlab chiqarila boshlangani uchun bolaning ishtahasi yaxshilanadi, odatdagidan ko`proq taomlana boshlaydi. Bu vaqtda sizning asosiy vazifangiz taomnomani to`g`ri tashkillashtirish.

Engil uglevodlar hisoblangan pirojniy, shirinliklar, sosiska, dudlangan kolbasa mahsulotlarini kamaytirish kerak. Kun davomida tez-tez, ammo kam miqdorda ovqatlanishga o`rgating. Haftada ikki-uch marotaba sport to`garaklariga qatnashsin. Suzish, badiiy gimnastika mashg`ulotlari qomatni tartibga keltirishda asqatadi.Bordi-yu, kam iste`mol qilsa-yu, to`lishishda davom etayapti, desangiz, endokrinolog shifokor ko`rigiga olib boring. Gormonlar tahlili o`tkazilgach, muammo nimada ekanligini aniqlashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1