1

Irodasi bilan tanilgan xitoylik polisiyachi

Rekord 11.11.2017, 11:54
Irodasi bilan tanilgan xitoylik polisiyachi

Mao Veydong ismli xitoylik polisiyachi tirsagi va oyog`iga tayanib, harakatsiz turish borasida yangi jahon rekordini o`rnatdi. Bu turdagi mashg`ulot bo`yicha musobaqa Pekin shahrida bo`lib o`tdi.

44 yoshli harbiy 8 soatu 1 daqiqa davomida iroda kuchini namoyish etdi. Shu tariqa Chin yurti vakili o`z natijasini qariyb ikki karra yangilab oldi. Uning avvalgi natijasi 4 soatu 26 daqiqani tashkil qilgandi.

Ma`lum bo`lishicha, rekordchi Xitoy hukumatida terrorizm va zo`ravonlikka qarshi kurash bo`limida faoliyat yuritadi. Bo`sh vaqtlarini esa sport zalida o`tkazishga odatlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1