1

Madad-shifo: “OYoG`IM TERLAShIDAN BEZDIM...”

Salomatlik 11.11.2017, 13:08
Madad-shifo: “OYoG`IM TERLAShIDAN BEZDIM...”
— Ko`pdan beri oyog`imdagi noxush hiddan qiynalaman. Qilmagan ishim qolmadi, bari befoyda. Vannalar, hidli paypoqlar, chayinishni-ku, kanda qilmayman. Menga nima maslahat berasiz?

A.Boboev, Samarqand shahri

Rustam ZOKIROV, shifokor dermato-venerolog:

– Inson tanasi bo`ylab tarqalgan ter bezlarining ko`p foizi oyoq kaftida joylashgan. Harakatlanish vaqti oyoqlarda qon aylanishi jarayoni sodir bo`ladi va bu ter bezlariningfaollashishi, oyoq kafti terisi haroratining ko`tarilishini paydo qiladi. Organizm o`zgarishlarga sezgir bo`lgani bois, harorat almashinuviga qarshi tezgina himoya tizimini ishga tushiradi. Ya`ni ter ajralishi ortadi.

Ter ajralmasining asosiy tarkibi suvdan iborat, shuningdek, xolesterin, turli xil yog` kislotalari va yaroqsiz holga kelgan azot moddalari ham bor. Ter ajratish tizimida biror bir nosozlik yuzaga kelmasa, oyoqdan yoqimsiz hid kelmaydi. Aksi bo`lganida, esa ter ajralishi ortib, teri qatlamida yuzaga kelgan yupqa qobig` bakteriyalarning ko`payishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Bakteriyalar esa o`z navbatida yoqimsiz hidning sababchilaridir.

Asabiylik, stress, surunkali charchoq, kuchli his-xayajon, ichki kasalliklar ter ajralishini faollashtiradi.

Bundan tashqari:

  • Nasliy moyillik;
  • Infeksion xastaliklar, gormonal holat o`zgarishlar;
  • Yassioyoqlik;
  • Teri kasalliklari;
  • Nerv tizimi patologiyalari;
  • Sintetik paypoq, koltgotka, old qismi yopiq, sifatsiz charmdan ishlangan poyabzal;
  • Og`ir jismoniy yuklama;
  • Qalqonsimon bez nosozligi;
  • Achchiq, sho`r, dudlangan eguliklarga mehr qo`yish;
  • Zamburug`lar ham muammoning sababchilari bo`lishi mumkin.

Oyoq terlashiga qarshi eng yaxshi chora gigiena qoidalariga rioya etish hisoblanasa-da, ba`zan shuning o`zi bilan kifoyalanish mushkul. Bunday vaqtda tibbiy ko`rikdan o`tish, kerakli tahlillarni topshirish va oyoq terlashining asl sababini aniqlashtirish lozim.

Shundan so`ng bugunga kelib samarali natija ko`rsatayotgan usul – SPA RF qurilmasi yordamida radioto`lqinli muolaja o`tkazilishi mumkin. Mazkur usul ter bezlarini nobud qilmagan holda, ishlash prinsipini yo`lga solish imkonini beradi.

Mutaxassis, bemordagi ter ajralish holatiga baho berib, botoks amaliyotini taklif etishi ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1