1

Madad-shifo: “OShQOZONNING OSILIB QOLIShI NIMA DEGANI?”

Salomatlik 14.11.2017, 15:45
Madad-shifo: “OShQOZONNING OSILIB QOLIShI NIMA DEGANI?”

— Qorin bo`shlig`i UTTsi o`tkazilganida oshqozonning nome`yoriy cho`zilishi aniqlandi. Shifokor mazkur holat ozg`inlik bilan bog`liq deyapti. Ammo mening shubham bor. Agar bu biror kasallik belgisi bo`lsa-chi, nima qilaman?

Oydin Jalilova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Yog` qatlami kam hamda mushaklar sustligi hisobidan oshqozon shakli me`yoriy ko`rinishidan o`zgaradi. Soddaroq aytganda, me`da cho`zilib qoladi. Bu asosan ozg`in odamlarda uchraydi. O`z holicha oshqozon osilib qolishi xavfli emas, ammo yog` qatlami paydo qilinmasa, keyinchalik nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin.

Vazn orttirish uchun esa kaloriyali mahsulotlar tanovuliga diqqat qilish lozim. Oqsil, uglevod va yog`lar teng taqsimlanishi uchun go`sht, baliq, sut-qatiq, tvorog, meva- sabzavotlar, yormalardan iborat taomnoma tuzilishiga e`tibor bering. Har 3-4 soatda ovqatlanishga odatlaning. Jismoniy chiniqish ham muhim, mushaklar uchun press mashqlarini bajaring.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1