AsosiyDunyo

BUGUN ERONDA ER SILKINIShI OQIBATIDA HALOK BO`LGANLAR XOTIRASIGA MOTAM E`LON QILINDI

'BUGUN ERONDA ER SILKINIShI OQIBATIDA HALOK BO`LGANLAR XOTIRASIGA MOTAM E`LON QILINDI'ning rasmi


O`tgan yakshanba kuni Eron va Iroq chegarasida 7,2 magnitudali er silkinishi bo`ldi. Bag`dodning shimoli-sharqidan 204 km va Eronning Kirmonshoh shahri g`arbidan 104 km atrofida er silkinishlari kuzatildi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, falokat oqibatida 445 nafar kishi qurbon bo`lgan, 7,1 ming nafari jarohatlangan.

Kirmonshoh shahri hokimining o`rinbosari Moxtaba Nikkerdor uy qoldiqlari, vayronalar ostidan hamon odamlar chiqayotgani sabab qurbonlar soni oshishi mumkinligini bildirib o`tdi.

Eron va Iroqning ayrim shaharlari elektr energiyasiz qoldi, voqeadan qattiq ta`sirlangan aholi o`z uylarida yotishdan qo`rqib hamon ko`chada tunamoqdalar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar