AsosiySUG'DIYONA

LAB BO`YoG`I SIRINGIZNI FOSh ETADI!

'LAB BO`YoG`I SIRINGIZNI FOSh ETADI!'ning rasmi

1.Yarim uchburchak shaklli lab bo`yog`i sohibasi tartib-qoidalarni hurmat qiluvchi, mantiqiy fikrlovchi, og`ir-vazmin, shuningdek har ishni o`z vaqtida qilishga o`rgangan xonimdir.

2.Oval shaklidagi lab bo`yog`i – ijodkor, hamisha yangilik yaratishga moyil bo`lgan ayollarga tegishli. Ularning didi baland bo`lib, tabiatan murosa qilishga moyil, har qanday sharoitda ham odamlar bilan kelishib keta oladi.

3.Tekis kesilgan – ishonchli va sirdosh bo`la oladigan ayollarga xos lab bo`yog`i. Bunday ayollar g`is-otuyg`ularga berilmaydi, tez va to`g`ri qaror qabul qila oladi.

4.Qiya kesimli – o`ziga ishonchi baland, maqsadiga etishishi uchun har qanday to`siqni ham pisand qilmaydigan ayollar lab bo`yog`i.Rahbarlikka intiladi.

5.Tekis yarim chuqurchali kesim – his-tuyg`ularga moyil, ko`ngli yumshoq ayollarning lab bo`yog`i shunday shaklda bo`ladi. ular har qanday odamni o`zlariga maftun etish iqtidoriga egalar.

6.Yarimoy shaklidagi lab bo`yog`i hamma narsaga burnini suqishni yaxshi ko`radi, juda qiziquvchan. Mardligi ham, tadbirkorligi ham bor. Bir so`z bilan aytganda,fe`lini oddiy deb bo`lmaydi,istak va xohishlari tez-tez o`zgarib turadi.

7. Uchli oavl lab bo`yog`iga ega ayollarni odatda, “shiringina ekan” deb ta`riflashadi. O`zini oilasiga baxshida etishga tayyor, xonadoningizning haqiqiy farishtasi bo`lishi mumkin. Boshqarish ham qo`lidan keladi, o`jargina, doimo muloqotga muhtoj.

8.Uchburchak shaklli lab bo`yog`i egasining olijanob va sinchkov ekanligidan dalolat beradi. U atrofidagilarning e`tiboriga tushishni istaydi, sirliligi ham bor, ba`zan faqat o`zi haqida o`ylashi ham mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar