1

​XORIJDA O`ZMILLIYBANKNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI PAYDO BO`LIShI MUMKIN

Iqtisodiyot 15.11.2017, 21:25
​XORIJDA O`ZMILLIYBANKNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI PAYDO BO`LIShI MUMKIN

Prezidentning 13.11.2017 yildagi PQ–3383-son «O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori e`lon qilindi.

Eslatib o`tamiz, yaqinda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav jamg`armasi miqdori ko`paytirilgan edi.

Hujjatda O`zmilliybankning tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash hamda chakana bank xizmatlari ko`rsatish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo`nalishlari belgilangan.

Bundan tashqari, O`zmilliybankka mamlakatimizning iqtisodiy hamkori bo`lgan xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar, filiallar, sho``ba banklar tashkil etish va depozitlar sifatida Davlat byudjeti mablag`larini jalb etish huquqi berildi.

Ikki oy ichida bank Ustavining yangi tahriri (amaldagisi 1993 yilda tasdiqlangan) va bank Kengashining yangilangan shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida rasman e`lon qilingan va 13.11.2017 yilda kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1