1

​“ALIMKHAN EXIM GROUP”, “MURAD BUILDINGS”, “COMPAS CONSALTING” KOMPANIYaLARI ASOSChILARI SAMARQANDLIK YoSh TADBIRKORLAR BILAN UChRAShDI

Iqtisodiyot 16.11.2017, 11:59
​“ALIMKHAN EXIM GROUP”, “MURAD BUILDINGS”, “COMPAS CONSALTING” KOMPANIYaLARI ASOSChILARI SAMARQANDLIK YoSh TADBIRKORLAR BILAN UChRAShDI

Poytaxtimizdan kelgan tadbirkorlar dastlab samarqandlik ishbilarmon yoshlar bilan birga “JV MAN Auto – Uzbekistan”, “Sam Antep Gilam” qo`shma korxonalari, shuningdek, yoshlar rahbarlik qilayotgan tadbirkorlik sub`ektlarida bo`lib, ularning faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxonalarda mehnat qilayotgan yoshlar o`z orzu-istak va maqsadlari haqida gapirib, tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish to`g`risida saboq oldilar.

Shundan so`ng Samarqand shahridagi Konsert zalida “Alimkhan Exim Group”, “Murad Buildings”, “Compas Consalting” kompaniyalari hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi asoschilari, tajribali tadbirkorlar A.Olimxonov, M.Nazarov, U.Hojiahmedov, H.Abdurahmonov ishtirokida yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzuida mahorat mashg`ulotlari o`tkazildi.

Samimiy suhbat va savol-javob tarzida kechgan tadbirda yurtimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlatimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani, bu borada ayniqsa, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta`kidlandi. Bugungi kunda nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham tanilgan tadbirkorlarning o`z biznes faoliyatida erishgan muvaffaqiyatlari, bu yo`lda yuzaga kelgan to`siqlarni qanday bartaraf etgani haqidagi hikoyalari yosh tadbirkorlar uchun katta saboq bo`ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar biznesni yo`lga qo`yish va boshqarish yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali tadbirkorlardan atroflicha javob oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1