AsosiySavol-javob

«XOTINI QAMOQDAN ChIQIB, O`ZGARIB QOLDI...»

'«XOTINI QAMOQDAN ChIQIB, O`ZGARIB QOLDI...»'ning rasmi

Farzandsizlik sabab birinchi turmushim bo`lmadi. Ikkinchi bor uch farzandli erkak bilan taqdirimni bog`ladim. Erimning sobiq xotini qamoq jazosini o`tayotgandi. Yaqinda uni umumiy jazo koloniyasiga olishdi va shundan keyin turmush o`rtog`imning bosar-tusari o`zgarib qoldi. Tez-tez uni ko`rgani borib turadigan, uyga qaytgach meni haydaydigan odat chiqardi. Vaholanki, nikohimiz qonuniy rasmiylashtirilgan. U ayol ozodlikka chiqsa, menga kun yo`q ko`rinadi. Agar ajrim masalasi ko`rilsa, loaqal ko`chada qolmasligimga kafolat bormi? Biror nima talab qilolamanmi?

Ismi sir tutildi.

Qonuniy nikoh qayd etilganidan keyin eringizning manzili bo`yicha uy ro`yxatiga qo`yilmagan bo`lsangiz va ushbu ishni amalga oshirishda mulkdor tomonidan e`tiroz bildirilayotgan holatlarda turar-joy joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga murojaat etib, foydalanish tartibini belgilashni so`rashingiz mumkin. Agar uy ro`yxatida qayd etilgan bo`lsangiz, turar-joyda uzrli sabablarsiz 6 oydan ortiq muddat yashamagan holatlardagina foydalanish huquqingiz yo`qotilgan, deb topiladi. Bugungi kunda har qanday e`tirozlarga qaramay mazkur uyda to`liq foydalanish huquqiga egasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar