AsosiySavol-javob

BIR OILA QANChA KO`MIR OLIShI MUMKIN?

'BIR OILA QANChA KO`MIR OLIShI MUMKIN?'ning rasmi

— Aholiga ko`mir sotishda o`lchov (limit) bormi?

Zayniddin Umarov, “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining Mahsulot sotish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

Bu kuz-qish mavsumi uchun aholiga 589,0 tonna ko`mir va 260 ming tonna briket mahsuloti ajratilgan bo`lib, hozirda shundan 314,750 tonnasi aholiga etkazilgan. Byudjet tashkilotlari uchun belgilangan rejadagi 183,5 ming tonna ko`mir va 153,3 ming tonna briket mahsuloti to`liq etkazib berilgan. Ko`mir mahsulotlari taqsimoti har bir viloyatning hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. Aholiga etkazilishi rejalashtirilgan qattiq yoqilg`ining hajmi har yili mahalla fuqarolari kesimida, shaharlar, tumanlar va viloyatlarning ehtiyojlariga qarab, talabnomalariga asosan xonadonlar kesimida shakllantiriladi. Bunda hududlarda joylashgan aholining zichligi va iqlimi ham hisobga olinadi. Masalan, ayrim hududlarning qishi boshqa hududlarga nisbatan sovuqroq bo`ladi. Shular hisobga olingan holda bu yilgi bir oila uchun cheklovlar 500 kg.dan 2 tonnaga belgilangan.

    Boshqa yangiliklar