— Konsert-tomosha faoliyati lisenziya olinishi talab etiladigan faoliyat turlariga kiradimi?Lisenziya olmay faoliyat yuritganlarga qo`llaniladigan jarimalar haqida ma`lumot bersangiz.
Nilufar Botirova, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
Davlat Soliq qo`mitasi axborot xizmati:
— O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro`yxati”ga muvofiq konsert-tomosha faoliyati lisenziya olinishi talab etiladigan faoliyat turlariga kiradi.O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 165-moddasiga asosan lisenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo`lgan faoliyat bilan lisenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug`ullanish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o`n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo`lsa,fuqarolarga eng kam ish haqining o`n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o`ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.






