— Qish paytida uning bahosi oshishi bilan bog`liq holatlar ham uchrab turadi. Ko`mir savdosi bilan tadbirkorlar ham shug`ullana oladimi?
Zayniddin Umarov, “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining Mahsulot sotish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:
— Yo`q. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi "Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini joriy etishni davom ettirish to`g`risida"gi 57-sonli qarorining 40-bandida belgilab qo`yilganidek, tadbirkorlik sub`ektlarining ko`mir mahsulotini qayta sotishlari taqiqlangan.
Agar sizda bu boradabiror e`tiroz yoki murojaat bo`lsa “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining IShONCh telefon raqamlari (371) 202-00-99 qo`ng`iroq qilib tushunmovchiliklarga aniqlik kiritib olishingiz mumkin.Hukumat tomonidan aholiga ko`mir etkazib berish tizimini takomillashtirish, uning narxi sun`iy ravishda oshib ketishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilmoqda. Uning ijrosini ta`minlashda jamoatchilik, ya`ni sizni — iste`molchini nazorati muhim o`rin tutadi.
ESLATIB O`TAMIZ, «O`zbekenergo» DAK elektr stansiyalari, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va aholidan tashqari, ko`mirning barcha iste`molchilarga realizasiya qilinishi birja savdolari orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bunda birja savdolarida ko`mir qazib olish korxonalari sotuvchi, ko`mirdan o`z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi iste`molchilar xaridorlar bo`ladi. Birja savdolarida
xarid qilingan ko`mir qayta sotilishi mumkin emas.






