— Ma`lumki, gaz hisoblagichlarning yaroqlilik muddati 8 yilni tashkil etadi. Ammo gaz hisoblagichim to`rt yilga bormasdan ishdan chiqdi. Buning sababi nima bilan bog`liq.
Botir Po`latov,Toshkent shahridan
Doniyor QODIROV, “O`zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktori:
— Bugungi kunda qiyoslovga olib kelingan hisoblagichlarning 60 foizida nosozliklar aniqlanmoqda. O`lchash vositasini ish jarayoniga ta`sir qiladigan asosiy omil gaz yoki suv hisoblanadi. Demak, gazni tarkibidagi turli birikmalar, xususan tarmoqdagi quvurlarni eskirganligi (zanglar) hisoblagichni yaroqsiz holatga keltiruvchi asosiy sababdir. Xorijda hisoblagichdanoldin trubaga filtr o`rnatiladi. Ushbu filtr har haftada tozalanib turiladi. O`lchash vositasini sifatli hamda o`z vaqtida ishlashini ta`minlash uchun albatta filtr qo`yishlari ma`qul hisoblanadi.Bunday filtrlar aholi hisobidan, ta`minotchi vakilning tavsiyasi bilan o`rnatiladi. Sababi o`lchash vositalarining har birio`ziga yarasha metrologik tavsiflarga ega bo`lib, ular is`temol qilinadigan gaz hajmi yoki suv hajmidan kelib chiqqan holda tanlanadi.






