AsosiySavol-javob

QAY BIRI MA`QUL? MAXSUS DO`KONI BORMI?

'QAY BIRI MA`QUL? MAXSUS DO`KONI BORMI?'ning rasmi

— Gaz, suv va svet uchun qanday o`lchagichlarni o`rnatish maqsadga muvofiq?

B.Sanginov, Sirdaryo viloyati Xovos tumani

Doniyor QODIROV, “O`zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktori:


—Fuqarolar O`zbekiston Respublikasining Davlat reestriga kiritilgan barcha gaz, svet va suv o`lchagichlarni sotib olishlari mumkin.

— Oddiy fuqaro o`lchagichni ishlab chiqaruvchi Davlat reestri ro`yxatiga kiritilganligini qaerdan biladi?

— Davlat reestriga kiritilgan o`lchagichlar ro`yxati “O`zstandart” agentligining rasmiy veb-sayti standart.uzda berilgan. Qolaversa, Davlat reestridan o`tmagan o`lchagichlar sotuvga chiqarilmaydi. Ta`minotchi korxona ham davlat reestiridan o`tmagan hisoblagichlarni o`rnatmaydi.

— O`lchagichlar sotiluvchi maxsus do`konlar bormi?

— Fuqarolar gaz, svet va suv o`lchagichlarini yurtimizdagi barcha bozorlar va do`konlardan sotib olishlari mumkin. Albatta, sotib olayotganlarida mahsulotning sertifikat qog`ozi ni ko`rib olinishi shart.

    Boshqa yangiliklar