1

ZA`FARONNING BIRINChI HOSILI TERIB OLINMOQDA

Iqtisodiyot 18.11.2017, 12:18
ZA`FARONNING BIRINChI HOSILI TERIB OLINMOQDA

Za`faron – shifobaxsh o`simlik. Xalq tabobatida u o`nlab xastaliklarni davolashda ishlatiladi. Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, za`faron rangni chiroyli, ko`zni ravshan, yurakni baquvvat qiladi, nafas yo`llari sog`lom bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda za`faron Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya kabi o`n beshdan ortiq mamlakatda etishtiriladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan endi uni yurtimizda ham etishtirish boshlandi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida iqtisodiyotimiz barqarorligini ta`minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar qatorida dorivor o`simliklar etishtirish, jumladan, za`faron (shafran) plantasiyalarini tashkil etish loyihasi bilan ham tanishgan edi.

Prezidentimiz za`faron plantasiyalarini tashkil etish mahalliy farmasevtika sanoati uchun xomashyo manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur o`simlikni etishtirish, kelajakda uni ko`paytirish bo`yicha markaz faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadga muvofiq ekanini qayd etdi. Markazda dorivor va oziq-ovqat o`simliklari turini tanlash, ilmiy-tadqiqotlarni yo`lga qo`yish, yosh kadrlarni sohaga yo`naltirish, pirovardida ilg`or xorijiy tajribalarni o`rganish va eksportni tashkil etish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Ana shu ko`rsatma va topshiriqlarga asosan joriy yilning 27 mart kuni O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi va Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi muassisligida za`faron va boshqa turdagi dorivor o`simliklar bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, ko`paytirish va etishtirishga ixtisoslashtirilgan "Shafran" ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Hozir bu markazda dorivor o`simliklarni tanlash, ular ustida ilmiy-tadqiqot olib borish, ilg`or xorijiy tajribalarni o`rganish va eksportni tashkil etish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi "Brand Investment Group" mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Gollandiyaning "Mts Schipper Elberse" kompaniyasidan shafran tugunak piyozlari xarid qilinib, joriy yilning avgust oyida Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida tashkil etilgan plantasiyalar ayni paytda gulga kirdi. Shu kunlarda uning gullarini terish ishlari avjida.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ham ushbu shifobaxsh o`simlik etishtirilmoqda. 21 gektar maydondagi plantasiyada etishtirilgan o`simlik hosilini terib olish ishlariga 50 dan ortiq ishchi jalb qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1